O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jondor va Qorovulbozor tumanlarida tashkiliy masalalar ko‘rildi
2018-02-26 | Jamiyat
24-fevral kuni Xalq deputatlarining Qorovulbozor tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Qorovulbozor tumanining sobiq hokimi Kamol Kamolov boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati bilan uning o‘rniga shu paytga qadar Buxoro viloyat “O‘zagrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ostonov Akmal Anvarovich Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlandi.
Shu kunning o‘zida Jondor tumanida ham Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkiliy masala ko‘rilib, Jondor tumani hokimi Baraka Sottorovich Tolipov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.