O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

May oyida Toshkent shahridagi eng uzun shohko‘chada yana bitta yo‘l o‘tkazgich ochiladi

2018-02-26 | Iqtisodiyot

Hukumat farmoyishi bilan poytaxtimizning Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida umumiy uzunligi 667,5 metr bo‘lgan zamonaviy yo‘l o‘tkazgichni qurish ishlari boshlab yuborilgan edi. Qisqa fursatda tajribali ko‘priksozlar ushbu inshootda keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirdi. Bu haqda juma kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lumki, Bunyodkor shohko‘chasi Toshkent shahrining eng uzun, janubiy va shimoliy qismlarini bog‘laydi. Mazkur yo‘nalishda doim avtomobillar qatnovi tirband. Magistralda jami 9 ta yo‘l o‘tkazgich mavjud bo‘lib, may oyida ularning soni yana bittaga ko‘payadi.

“Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra, bunyod etilayotgan inshoot 6 ta yo‘lakdan iborat. Zamonaviy yo‘l o‘tkazgich estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8, kengligi esa 24,5 metrni tashkil etadi.

Yirik inshoot jami 23 ta ustun oralig‘ida barpo etiladi. Umumiy uzunligi 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi quriladi. Yangi bunyod etilayotgan yo‘l o‘tkazgichning yoritish tizimi ham jahon andozalariga mos ravishda barpo etiladi.

Hozirgi kunda 10 ta tayanch ustunining poydevor ishlari tugatildi. Ayni paytda ustki karkas o‘rnatish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar bu yerda 2 625 kub metr tuproq, 12 070 kub metr beton ishlari bajarildi. Bunyodkorlik jarayoniga 30 dan ortiq texnika, 250 nafarga yaqin malakali muhandis va ishchi jalb etilgan.

Joriy yilda “Ko‘prikqurilish” tresti unitar korxonasi tomonidan 7 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilgan. Dastlabki bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan.

Поделиться