O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonda yangi 22 ta oltin koni o‘zlashtiriladi
2018-02-26 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan davlat dasturiga muvofiq, 25 turdagi foydali qazilmalar zahiralarini ko‘paytirish va geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish hisobiga 50 ta yangi kon sanoatda o‘zlashtirishga tayyorlanadi. Ularning 22 tasi oltin, 3 tasi uran, 2 tasi rangli metall va boshqa har xil noruda foydali qazilmalardir.
Shuningdek, 20 ta yer osti suv konini topish hisobiga 6 viloyatdagi 2 shahar, 12 shaharcha va 220 qishloq aholi punktlari suv bilan ta’minlanadi.
Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi hududlarda joylashgan geologik 6 shaharchada boshqa hududlardan borib ishlayotgan 60 dan ziyod yosh mutaxassis uchun 32 ta uy qurib beriladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ma’lum qildi.