O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ishchi guruhlarning Farg‘ona shahridagi uchrashuvi yakunlari to‘g‘risida
2018-02-23 | Siyosat
2018-yilning 18-22 fevral kunlari Farg‘ona shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining qolgan uchastkalari o‘tish chizig‘i loyihasi yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik ruhida o‘tdi.