O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

General Jeffer Xarrigan boshchiligidagi delegatsiya Qurolli Kuchlari akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

2018-02-22 | Siyosat

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi Markaziy qo‘mondonligi qo‘shinlari qo‘mondoni general Jeffer Xarrigan boshchiligidagi harbiy delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida AQSH harbiy mutaxassislari ishtirokida “Profilaktik tibbiyot bo‘yicha axborot almashinuvi” mavzusida seminar tashkil qilindi. Unda harbiy-tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar, harbiy shifokorlar ishtirok etdi.

— Bu tadbirni harbiy-tibbiy ta’lim sohasidagi axborot almashinuvi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi, — deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti boshlig‘i, tibbiy xizmat polkovnigi Jahongir Sobirov. — Albatta, mazkur seminar mashg‘ulotlarida yangiliklar ham ko‘p bo‘ldi. Ayniqsa, innovatsion texnologiyalar sohasida. Kelajakda bunday tadbirlarga ko‘proq xorijiy ekspertlar jalb qilinsa, mashg‘ulotlar samaradorligi yanada oshishiga xizmat qiladi.

AQSH harbiy mutaxassislari bu borada innovatsion texnologiyalardan foydalanib, tezkor va samarali natijalar qo‘lga kiritish mumkinligini namoyish qildilar.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari akademiya tarixi muzeyida bo‘ldi. O‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

General Xarrigan bundan keyin ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojiga umid qilishini ta’kidlab, yurtimizga tashrifidan mamnunligini bildirdi, deb yozadi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Поделиться