O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dominikan Respublikasida 23 fevral o‘zbek kurashi milliy kuni deb e’lon qilindi

2018-02-21 | Sport

Dominikan Respublikasi kurash federatsiyasi Janubiy Amerikada eng yetakchi milliy federatsiyadir. Federatsiya rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan har yili muntazam tarzda mamlakat chempionatlari, qit’a birinchiliklari yuqori darajada o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, 2005 yil yoshlar o‘rtasida V jahon chempionatiga Dominikan Respublikasi mezbonlik qilgani kurash muxlislari yodida. Ushbu mamlakat 2015 yil Panamerika Kurash konfederatsiyasiga a’zo federatsiyalar ishtirokida Kurash oyligi o‘tkazilishining tashabbuskori bo‘lgan.

2018 yildan boshlab 23 fevral Dominikan Respublikasida Kurash milliy kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.

Dominikan hukumati qo‘llab–quvvatlashi va mamlakat Kurash federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi qarori bilan 23 fevral kuni kurash bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, hakamlik seminarlari, o‘quv mashg‘ulotlari, turli tanlovlar va kurash sporti targ‘ibotiga bag‘ishlangan boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi.

- Kurash milliy kuni sportchilarimiz, murabbiylarimiz, hakamlarimiz va boshqa mutaxassislar tomonidan betakror kayfiyat va muhitda nishonlanadi, – deydi Dominikan kurash federatsiyasi prezidenti Israil Karabalo. – Bu tadbirga mamlakatimiz poytaxti Santo-Domingo shahri, shuningdek, Azua, Peraviya, San-Kristobal, San-Pedro-de-Makoris, Monte-Plata, La-Vega, San-Xuan, Duarte, Sanches-Ramires va boshqa provinsiyalarda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ishonamizki, Kurash milliy kuni Dominikan Respublikasida kurash ommaviyligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Kurash sporti o‘z jozibasiyu insonparvarligi bois ona sayyoramiz xalqlari ko‘nglidan munosib o‘rin egallamoqda. Har yili kurash xalqaro oilasiga a’zo bo‘layotgan davlatlar soni muntazam oshib bormoqda.

Bugungi kunda “kurash”, “halol”, “to‘xta”, “ta’zim”, “yonbosh”, “chala” kabi o‘zbek so‘zlari jahonning 130 dan ortiq mamlakatida jaranglamoqda.

Xalqimizning faxri bo‘lgan kurash qisqa vaqt ichida rivoj topib, Osiyo o‘yinlari tarkibidan rasman o‘rin oldi. Shu yil kuzda Indoneziyada qit’amiz polvonlari Osiyo o‘yinlari g‘olibligi uchun gilamga chiqadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 2 oktyabrdagi “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora–tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori milliy bo‘lgan kurash rivojini yangi bosqichga olib chiqmoqda. 

Material Xalqaro kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Поделиться