O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘onada 12 shahar posyolkasining bosh rejasi ishlab chiqiladi

2018-02-21 | Jamiyat

Farg‘ona viloyatida 2018-2022 yillarda respublika shahar posyolkalarining bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqish dasturi asosida 12 shahar posyolkasida bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. 

Bugun yurtimizning qay hududiga bormang, ulkan qurilish va bunyodkorlik ishlarining ustidan chiqasiz. Zamonaviy turar joylar, sanoat korxonalari barpo etilmoqda. Albatta, bu ishlarda shaharsozlik va me’moriy yechim alohida o‘rin egallaydi. Prezidentimizning 2018 yil 2 fevraldagi “2018-2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. 

Viloyatda shaharsozlikni rivojlantirish uchun nimaga e’tibor qaratish kerak? 

Tabiiyki, bu sohani mutaxassis boshqaradi. Binobarin, Farg‘ona politexnika institutida aynan shu sohaga ixtisoslashgan fakultetlar faoliyat ko‘rsatib, unda malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

– Viloyatda 184 shaharcha, 8 shahar va 162 aholi yashash punkti yig‘inlari mavjud, – deydi viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bahodir Xo‘jamatov. – Hozircha faqat 8 shahar va 14 shaharchaning bosh rejasi ishlab chiqilgan, xolos. 162 qishloq aholi yig‘inlari punktidan 46 tasida me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihasi ishlab chiqilgan. Albatta, bunga loyihalash tashkilotlarining yangi innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlanmagani, mutaxassislarning yetarli emasligi, shaharsozlik sohasidagi qoida-me’yorlarning mukammal emasligi ta’sir qilmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda viloyatda 2 ta yetakchi loyihalash tashkiloti – “Qo‘qon qurilish loyiha” va Farg‘ona shahrida “Fuqaro loyiha” hamda “O‘zshaharsozlikLITI”ning viloyat filiallari tashkil etildi. 

2018-2022 yillarda 12 shaharcha va 20 dan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlarining me’moriy rejalashtirish topshiriqlarini tayyorlab chiqish belgilangan. Maqsad mazkur aholi punktlarini istiqbolli rivojlantirish, turar joylar qurilishi, ijtimoiy-maishiy soha inshootlari, infratuzilma obyektlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishdir. Bosh rejani ishlab chiqishda aholining sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ya’ni, hududlarda istirohat bog‘lari, xiyobonlar, suzish havzalari tashkil etish, sport inshootlarini yanada rivojlantirish asosiy mezonlardan bo‘lib qolmoqda. 

– Mazkur qaror bilan tumanimizdagi "Qoratepa" shaharcha fuqarolar yig‘ini dasturga kiritilgan, – deydi Yozyovon tumani hokimi o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev. – Bu hududdagi 4 mahalla fuqarolar yig‘inida 15 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Bosh rejani ishlab chiqishda qurilish chizig‘i e’tiborga olinmasdan amalga oshirilgan holatlar ko‘p. Yozyovonda ham 53 ko‘p qavatli uy kommunikatsiya tarmoqlari hisobga olinmasdan qurilgan. Mazkur loyiha ishlari uchun 200 million so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi. Ayni paytda kommunikatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, bosh rejani ishlab chiqishda tuman arxitekturasi va kadastri vakillari bilan birgalikda hududlarda qaytadan yo‘qlamalar o‘tkazilmoqda. Markaziy bog‘ va obodonlashtirish bo‘yicha obyektlar taklifi tayyorlanmoqda. Qoratepa shaharcha posyolkasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab rejalar bor. 

Ha, hududlarda shaharsozlikni rivojlantirish borasidagi bu kabi ishlar aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

 

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA

Поделиться