O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Andijon viloyati Marxamat tumani davlat arxivida seminar-trening o‘tkazildi
2018-02-21 | Jamiyat
Joriy yilning 17 fevral kuni Andijon viloyati Marxamat tumani davlat arxivida tumandagi barcha tashkilotlar, korxonаlar va muassasalarning arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni va qonunosti hujjatlari mazmun mohiyati va uning ijrosi yuzasidan seminar-treningi o‘tkazildi.
Seminarda Marxamat va Buloqboshi tumanlaridagi 79 ta tashkilot va korxonаlarning arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodimlari, tumandagi siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etdi.
Arxiv ishi va ish yuritish faoliyatiga oid masalalar yuzasidan va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi, davlat arxivlarining jamlash manbalari bo‘lgan tashkilot, korxona va muassasalar hujjatlari davlat arxivlariga topshirilgunga qadar vaqtincha saqlash, hisobni olib borish va ulardan foydalanish maqsadida, “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida tashkilot va muassasalarda idoraviy arxivlar tashkil etilishi haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.