O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eng yaxshi loyiha mualliflari aniqlandi

2018-02-21 | Jamiyat

"Turkiston" saroyida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan "O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" birinchi respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularni kuchli ijtimoiy himoyalash, tashabbus va g‘oyalarini yuzaga chiqarish uchun yaqindan ko‘maklashish, og‘irini yengil qilish doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda. 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan yurtimiz ayollarining innovatsion g‘oyalari, loyihalari, ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga har tomonlama ko‘maklashish, fan, ta’lim, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalarning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan opa-singillarimiz faoliyati samaradorligini yuksaltirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Bu boradagi amaliy ishlar natijasida "O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" tanlovi tashkil etilib, unda o‘z texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish istagida bo‘lgan olimalar, doktorantlar, iste’dodli talaba va o‘quvchi qizlar, ixtirochilar, ratsionalizator, muhandis, konstruktor, dasturchi, shifokor, tadbirkor ayollarning izlanishlari atroflicha o‘rganildi. 

Poytaxtimizdagi Turin politexnika universitetida shu yil 6-7 fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ularning ishi bilan atroflicha tanishish, yangiliklarning o‘ziga xosligi, afzalligiga oid ilmiy taqdimotlarda qatnashish imkoniyati yaratildi. Ushbu tanlov yurtimiz xotin-qizlarining iqtidori, izlanishi, uddaburonligi, tadbirkorligi, epchilligini yana bir karra keng jamoatchilikka namoyish etdi. Ishlanmalar tibbiyot, ta’lim, ilg‘or texnologiyalar, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab olgan.

– Bu tanlovda ishtirok etishning o‘zi katta sharaf, – deydi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabasi Nasiba Islomboyeva. – Sababi, unda ilm-fan, innovatsion texnologiyalar, tadbirkorlik bo‘yicha izlanayotgan ayollarning ishlanmalari, ular mehnat qilayotgan korxona va tashkilotlar faoliyatidan atroflicha xabardor bo‘lish imkoniyati yaratildi. 

Respublika ekspertlar kengashi tomonidan ishlanmalarning yangiligi, mazmun-mohiyati, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy samarasi, ahamiyati kabi jihatlarga asosiy e’tibor qaratildi. Eng yaxshi loyiha va g‘oyalar mualliflariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva so‘zga chiqdi.
 
 
Nazokat Usmonova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Поделиться