O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta’limi vazirligi axboroti

2018-02-21 | Ta’lim

Bola tarbiyasida oila institutining rolini oshirish, ota-onalarga farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanishlari va muloqot qilishlari uchun keng imkoniyat yaratish, ota-ona va farzandlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini va oilaviy an’analarni rivojlantirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv yuklamasini kamaytirish maqsadida jahondagi yetakchi davlatlar ta’lim tizimi tajribasiga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida (1-4-sinflar) haftasiga 5 kunlik o‘qish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy ishlari olib borilmoqda.

Bunda o‘quvchilarning ota-onalari bilan o‘tkazadigan vaqtlarini ko‘paytirish bilan birgalikda, ularning oilada kitob mutoalasi, muzey, teatr va tarixiy obidalarga tashrif buyurishlari hamda tabiat maskanlariga sayohat qilishlari uchun qulay sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, haftaning shanba kunlari ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning qiziqishlari va ota-onalarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda turli to‘garaklar, sport seksiyalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1-martidan boshlab respublikadagi barcha umumta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari haftasiga 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tkaziladi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab bosqichma bosqich 2-4-sinflarni haftasiga 5 kunlik o‘qishga o‘tkazilishi munosabati bilan vazirlik va hamkor tashkilotlar tomonidan joylarda ota-onalar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Поделиться