O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chimboy tumaniga 10 million 500 ming dollarlik investitsiya jalb qilinadi

2018-02-21 | Iqtisodiyot

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida joriy yilda investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida 483 fermer xo‘jaligida 95 gektar maydonga qizil qalampir, 2 ming 935 gektarga qizilmiya ekish rejalashtirilgan.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Abdullayevning ma’lum qilishicha, 2018-2019 yillarda hududga 10 million 500 ming dollarlik investitsiya jalb etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu 600 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Jumladan, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun 1 million 500 ming, qishloq xo‘jaligi uchun 4 million 875 ming, chorvachilikka 1 million 522 ming, baliqchilik rivojiga 763 ming va boshqa sohalarga 2 million 590 ming dollar miqdorida investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.

 

Anvar Nasirlayev, O‘zA

Поделиться