O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nukusda yuristlar uchun sayyor o‘quvlar tashkil qilinadi

2018-02-21 | Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda joriy yilning mart oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlardagi yuridik xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha sayyor o‘quvlar yo‘lga qo‘yiladi.

Prezidentimizning 2017 yil 19 yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etiladigan malaka oshirish o‘quvlarida davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xodimlari har 3 yilda kamida bir marotaba malaka oshirishi va mazkur vazirlikda hamda uning hududiy organlarida attestatsiyadan o‘tishi belgilangan.

– Biz qoraqalpog‘istonlik yuristlarning Toshkent shahriga borib o‘qishi, attestatsiyadan o‘tib kelishini tahlil qilib ko‘rdik, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi P.Qojametov. – Ketgan vaqti va maoshini hisoblamaganda, tashkilotlar hisobidan ularning har biri uchun o‘rtacha 4 million so‘m atrofida mablag‘ sarflanar ekan. Shundan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi o‘rtasida shartnoma tuzildi va bundan buyon o‘quvlarni Nukus shahrida tashkillashtirish belgilab olindi.

Ayni paytda sayyor o‘quvni tashkillashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Anvar Nasirlayev, O‘zA

Поделиться