O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jurnalistlar shaxmat musobaqasida bahslashdi
2018-02-20 | Jamiyat
"Nuroniy" jamg‘armasi respublika Boshqaruvi huzurida "Faol faxriy ijodkorlar" jamoatchilik kengashi tashkil etildi.
"Faol faxriy ijodkorlar" jamoatchilik kengashini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – faxriylarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi, katta avlodning jamiyat, oilalar, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini xurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish orqali ijtimoiy va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashishdir.
Shuningdek, mazkur tadbir davomida jurnalistlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada ko‘plab ustoz ijodkorlar o‘zaro raqobatlashdi. Turnirning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvi Asror Mo‘minov va Xurshid Do‘stmuhammad o‘rtasida o‘tkazildi. Ushbu bahsda Asror Mo‘minov g‘alaba qozondi.
Tadbir yakunida Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari "Nuroniy" jamg‘armasi respublika Boshqaruvi ta’sis etgan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA