O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

1 iyundan O’zbekistonda tadbirkorlar eksport shartnomasi tuzmasdan elektron savdo maydonchalarida oldi-sotdi qilishi mumkin bo’ladi

2018-02-20 | Texnologiyalar

2018-yil 1-iyundan tadbirkorlik subyektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan internet tarmog’idagi elektron savdo maydonchalari orqali tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi.

Bunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro’yxat bo’yicha ayrim tovarlar mazkur tartibdan mustasno.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat’i nazar, chakana savdo hisoblanadi.

Ushbu tartib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kecha, 19 fevral kuni imzolangan “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida keltirilgan.

Farmonning to’liq matni bilan mazkur havolada tanishish mumkin.

Поделиться