O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Butunjahon antidoping agentligi prezidenti O’zbekistonda dopingga qarshi kurash bo’yicha olib borilayotgan ishlarni yuksak baholadi

2018-02-19 | Sport

Shu kunlarda dunyo ahlining asosiy e’tibori Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida bo’lib o’tayotgan XXIII qishki Olimpiya o’yinlariga qaratilgan. Ushbu yirik anjumanda jahonning yetakchi sport tashkilotlari, yuzga yaqin qatnashchi mamlakatlar orasida O’zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Olimpiada dasturi doirasida Seulda Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirligi tomonidan sport sohasi mutasaddilari uchun “Jamiyatda sport qadriyatlarini rivojlantirish” mavzuida konferensiya tashkil etildi. Unda dopinglarsiz halol sportga erishish, musobaqalardagi g’irromliklarning oldini olish, sport qadriyatlarini rivojlantirish kabi masalalar haqida so’z bordi.

Konferensiya yakunida O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Kreyg Ridi bilan uchrashdi. Muloqot chog’ida tomonlar o’rtasida o’zaro do’stona aloqalarni o’rnatish, Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish bo’yicha hamkorlik rishtalarini mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

— O’zbekistonda dopingga qarshi kurash bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuksak bahoga loyiq, — dedi WADA prezidenti. — Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil qabul qilgan Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish bo’yicha qarori Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. Asosiysi esa mamlakatingizda sport sohasida sog’lom muhitni yaratish, sportchilar orasida halollik va haqqoniylik fazilatlarini yanada kuchaytirishni ta’minlaydi. Meni O’zbekistonga taklif qilganingizdan juda mamnunman va buni bajonidil qabul qilaman. O’ylaymanki, ish taqvimimdan kelib chiqqan holda yaqin oylar ichida yurtingizga tashrif buyuraman.

Поделиться