O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Baliqchilik rivojiga qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi

2018-02-16 | Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Buxorobaliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Prezidentimiz xalqimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash masalalariga doimiy e’tibor qaratmoqda. Hududlarning bu boradagi imkoniyatlarini oqilona ishga solish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda. 

“Buxorobaliqsanoat” tomonidan tashkil etilgan baliq yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasi aholini ushbu tansiq mahsulot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu xalqimiz ratsionini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash bilan birga go‘sht narxini arzonlashtirish imkonini beradi. 

Qo‘shimcha yer ajratilishi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi natijasida korxona quvvati yanada kengayadi. Chavoq yetishtirish, baliq go‘shtini dudlash, ozuqa ishlab chiqarish, sohadagi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Yigirmadan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 

Prezidentimiz Buxoroda tabiiy ko‘llar ko‘pligi, ularda baliq yetishtirishni yanada ko‘paytirish mumkinligini ta’kidladi. Buxoro viloyatida bu sohani rivojlantirishga yana 100 milliard so‘m ajratish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Поделиться