O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev avvalgi topshiriqlar ijrosini ko‘rish va istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida Buxoro viloyatiga keldi
2018-02-16 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 16 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari 2017 yil 10-11 mart kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarni belgilab bergan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmi oshdi. Transport va servis infratuzilmasi rivojlanib, sayyohlar oqimi ko‘paydi. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmagan imkoniyatlar ishga solindi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar bunyod etildi.
Ikki kunlik tashrif davomida Prezidentimiz avvalgi topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi, galdagi muhim vazifalarni belgilab berishi rejalashtirilgan.