O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston va Turkiya: O’zaro hamkorlikni kuchaytirish zarur

2018-02-15 | Siyosat

O’zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Interpolning Anqaradagi Milliy markaziy byurosi boshlig’i Lutfi Chichek boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig’i, polkovnik O’. Murodov, Interpolning O’zbekistondagi Milliy markaziy byurosi boshlig’i, polkovnik R. Isroilov, shuningdek, vazirlikning bir qator mas’ul  xodimlari qatnashdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O’zbekiston va Turkiya o’rtasidagi  iqtisodiyot, turizm, biznes, sport, fan va madaniyat sohalari kabi bugungi kunda dunyo miqyosida dolzarb muammo hisoblangan xavfsizlik va huquq-tartibot sohalarida ham do’stona, mustahkam aloqalar va o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatilgan. Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, odam savdosi kabi transmilliy jinoyatchilik ko’rinishlarining tobora kengroq namoyon bo’layotganini hisobga olib, Turkiya va O’zbekiston huquq-tartibot organlarining birgalikdagi harakatini kuchaytirish, hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko’tarish zarur. Jangovar harakatlar davom etib kelayotgan Suriya va Iroq davlatlarida terrrorchilik guruhlari tomonida turib jang qilgan va jang qilib kelayotganlarning shaxsini aniqlash, davlat chegarasini kesib o’tmaslaridan avval ularga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilib, qo’lga olish joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari va Interpol xodimlari zimmasiga yuklatilgan muhim vazifadir. Albatta, muvaffaqiyatli maxsus operatsiyalar jarayonida jangarilarning ko’p qismi yo’q qilindi, ayrimlari qo’lga olindi. Biroq hali-hanuz dunyoning turli davlatlarida yashirinib, yangi ekstremistik hujumlarga tayyorlanib, ozodlikda yurganlari ham bor. Shuning uchun ularni izlab topib, qo’lga olishda bor kuch va imkoniyatni birlashtirish, doimiy ravishda o’zaro axborot almashish, aksilterror yo’nalishda hamkorlikdagi tadbirlarni muntazam o’tkazib borish lozim. O’zaro muloqot davomida hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari ham muhokama etilib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

 

G. PETROSYAN

Поделиться