O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy ta’lim muassasalarida “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida 3 yillik bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi

2018-02-15 | Ta’lim

O’zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan qariyb 60 ming tarbiyachining atigi 21 foizi oliy ma’lumotli, 79 foizi esa o’rta maxsus ma’lumotga ega.

Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida aytildi.

Qayd etilganidek, o’rganishlar kelgusi 3 yilda maktabgacha ta’lim tizimida 47 ming 300 dan ziyod oliy ma’lumotli pedagog kadrlar, jumladan, 28 ming 300 nafar tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbariga ehtiyoj paydo bo’lishini ko’rsatgan. Shu bois, 2018-2019 o’quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishida kunduzgi shaklda 3 yillik bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. Bunda ilg’or xorijiy tajriba, jumladan, Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari tajribasi asosida yangi o’quv rejasi va dasturlari ishlab chiqiladi.

Поделиться