O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi IPAga a’zo bo‘ladi

2018-02-14 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasining Jeneva (Shveysariya) shahridagi vakolatxonasi yordamida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Xalqaro noshirlar assotsiatsiyasiga (IPA) a’zo bo‘lishi yuzasidan tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bu haqda Agentlikning telegramdagi “Matbuot minbari” kanali orqali ma’lum qilindi. 

Xalqaro noshirlar assotsiatsiyasi milliy, mintaqaviy nashriyot uyushmalarining dunyodagi eng yirik tashkilotidir. Afrika, Osiyo, Avstraliya, Yevropa va Amerika qit’asining oltmishdan ziyod mamlakatida faoliyat yuritayotgan saksonga yaqin tashkilot uning a’zsi hisoblanadi. Uyushma 5,6 milliarddan ortiq xaridorni qamrab olgan yirik bozorga ega. Tashkilot a’zolari ushbu bozorlarda o‘zlarining minglab matbaa mahsulotlarini namoyish etib boradi. 

Ilgari mamlakatimizning noshirlik sohasidagi xalqaro aloqalari u qadar rivojlanmagan edi. Ayrim nashriyotlar faqatgina u yoki bu xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan xalqaro kitob ko‘rgazmalarida ishtirok etish bilan cheklangan, xolos. Dunyo mamlakatlarining ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlari, boy tajribasi muntazam o‘rganilmagan, o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yilmagandi. 

Xalqaro mualliflik huquqini ta’minlash maqsadida Xalqaro noshirlar assotsiatsiyasi bugungi kunda savodxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaani rag‘batlantirish hamda jahon noshirlarining o‘zaro tajriba almashishi, savdo-sotiq qilishi uchun qulay sharoit yaratish bilan ham shug‘ullanmoqda. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Agentlik Xalqaro noshirlar assotsiatsiyasiga tashkilotga a’zo bo‘lish tashabbusi bilan chiqdi. Yaqinda Agentlikka IPAdan maktub keldi va unda Assotsiatsiya Bosh kotibi janob Joze Borgino mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Shuni hisobga olib, ayni paytda Agentlik tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish choralari ko‘rilmoqda.

Поделиться