O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlik kengaymoqda
2018-02-13 | Jamiyat
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Janubiy Koreyaning «GEOTWO CO LTD» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda geoaxborot tizimlari sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Uchrashuvda shaxsiy yechimlar bazasida milliy geoaxborot dasturiy ta’minotini ishlab chiqish sohasida mamlakatimiz va Janubiy koreyalik mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Bu esa mahalliy dasturiy ta’minot sanoatini rivojlantirish va uni biznes hamda sanoatning yangi segmenti, shuningdek, yangi bozorlarni o‘zlashtirishga rag‘batlantiradi.
Roman Bondarchuk, O‘zA