O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qoraqalpog‘istonda moliya mudirlari saylandi
2018-02-13 | Jamiyat
O’zbekiston yoshlar ittifoqi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko’ra ittifoqning Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashining tavsiyasiga binoan, Nukus shahri va uchta tumanda moliya bo’limi mudirlari tayinlandi.
Ya’ni shahar moliya bo’limi mudiri lavozimiga Yusupov Quanish Alpamisovich, Ellikqal’a tumani moliya bo’limi mudiri Ro’zimov Muzaffar Yuldashevich, Chimboy tumani moliya bo’limi mudiri lavozimiga Ibraimov Pamir Temirxanovich hamda Beruniy tumani moliya bo’limiga Primov Furqat Saparbayevich mudir etib saylandi.
Gulnoza Boboyeva, O’zA