O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda kosmonavtika sohasini rivojlantirishda muhim qadam qo‘yildi

2018-02-13 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi Prezident farmoyishi qabul qilindi. 

Farmoyishda qayd etilishicha, yurtimizda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun bazaviy infratuzilma hamda ulkan imkoniyatlar mavjud. 

Ammo so‘nggi yillarda kosmonavtika sohasida jiddiy tadqiqotlar olib borilmagan, xalqaro hamkorlik to‘xtatilgan, infratuzilma esa hozirgi kun talabiga javob bermaydi. 

Farmoyish bilan tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida ishchi komissiya tuzilmoqda. 

Komissiya bir qator vazifalar bilan birgalikda kosmik va sputnik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha texnik iqtisodiy loyihalarni kompleks tahlil qiladi, mazkur texnologiyalarni o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi, sputnik aloqasi bo‘yicha milliy tizimni yaratish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqadi. 

Мазкур ҳужжатнинг тўлиқ матни билан www.lex.uz орқали танишиш мумкин. 

 

Malohat Husanova, O‘zA

Поделиться