O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

2018-02-13 | Jamiyat

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashining migratsiya masalalari va chet el fuqarolarini ijtimoiy-madaniy moslashtirish komissiyasi a’zolari yurtimizda tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Rossiyalik mehmonlar 12 fevral kuni Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalari keyingi yillarda yanada mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tashrif natijasida bugungi kunda nafaqat mamlakat doirasida, balki hududlar o‘rtasida ham iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik rivojlanib bormoqda. Shuningdek, mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish borasida ko‘plab istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Jumladan, Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarini tayyorlash va jo‘natish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Delegatsiya rahbari, Rossiya Davlat dumasi deputati A.Juravlev hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashining migratsiya masalalari va chet el fuqarolarini ijtimoiy-madaniy moslashtirish komissiyasi raisi A.Paskachev O‘zbekistondan borayotgan mehnat migrantlarini Rossiya qonunchiligi bilan tanishtirish, ularni tibbiy-ijtimoiy muhofaza qilish, munosib mehnat va turmush sharoiti yaratish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Ushbu yo‘nalishda hamkorlikda olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. 

Rossiyalik mehmonlar Samarqand shahridagi mehnat migrantlarini tayyorlash va jo‘natish markazi hamda Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birgalikda tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishdi. 

Delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasi va boshqa diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qildi.

Поделиться