O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Xalq taronalari Toshkentda
2018-02-13 | Madaniyat
Xitoy milliy opera, raqs va drama teatri 1951-yilda tashkil topgan. Teatr tarkibida opera, raqs truppalari, simfonik orkestr, stenografiya studiyasi va xalq cholg‘ulari orkestri mavjud. Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli ushbu nufuzli dargohga musiqashunos olim Tao Chen rahbarlik qilmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida «Xitoy yangi yili: quvnoq bahor bayrami» deb nomlangan konsert aynan shu teatrning xalq cholg‘ulari orkestri tomonidan namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Nasiba Ziyodullayeva, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA