O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Talaba yangi uskuna ixtiro qildi

2018-02-12 | Ta’lim

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi talabasi Ulbosin Saparova kichik kuchlanishli qurilmalar uchun quvvatlantiruvchi uskuna ixtiro qildi.

Mazkur uskuna (blok pitaniya) elektr toki manbaidan kelib turgan 220 voltli kuchlanishni 0 voltdan 12 voltgacha o’zgarmas kuchlanishga aylantirib beradi. Xorijiy davlatlardan keltirilgan amaliy texnologik laboratoriyalar kichik kuchlanishni talab qiladigan bo’lsa, ushbu qurilmadan foydalanish mumkin. U birgalashib bitta vazifani bajaradigan transformator, o’zgaruvchan rezistor, diod, plata, kondensator, TT-905 markali tranzistorlardan iborat.

Oddiy qilib aytganda, qurilma qo’l telefoni batareyasini quvvatlantirib beruvchi “toshbaqa” deb nomlanadigan uskunaga o’xshab ketadi. Lekin Ulbosin yaratgan qurilmada quvvatlanish darajasini qo’l bilan belgilab olish imkoniyati mavjud va uskuna yordamida soat yoki pult uchun maxsus batareyalarni ham quvvatlantirsa bo’ladi. Sababi, bu kabi kichik batareyalar kam kuchlanishda (1,5 - 2 volt) quvvatlanadi. Qurilmaning yana bir qulay tomoni u orqali berilgan kuchlanish o’zgarmas, ya’ni tok kuchayib-kamayib turgan bo’lsa ham kuchlanish belgilab olingan darajadan o’zgarmaydi.

– Yoshligimdan texnikaga qiziqqanim sababli, buzilib qolsa tuzatishga harakat qilardim, ichidagi qurilmalar qanday joylashganiga alohida e’tibor berardim, – deydi U.Saparova. – Ayniqsa, soch quritadigan fenning motoridan foydalanib, vertolyotga o’xshash uchish moslamasi yaratganman. Bu qiziqish TATUning Nukus filialiga o’qishga kirishimga sabab bo’ldi. Tadqiqotlarni davom ettiraman. Rejalarim ko’p. Ixtirolarim odamlarga xizmat qilsa, bu men uchun katta baxt.

Ulbosin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi, bir necha xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi, yosh olima.


Anvar Nasirlayev, O’zA

Поделиться