O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda xavfsiz turizm inspektorlari ish boshladi

2018-02-12 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 23- noyabrdagi qarori bilan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi tasdiqlangan edi.

Mazkur konsepsiyada Samarqand, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBlarida xavfsiz turizmni ta’minlash bosh­qarmalari tashkil etilishi, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida IIB boshlig‘ining o‘rinbosari hisoblanishi, shaxsiy tarkib esa tanlov asosida, birinchi nav­batda, chet tillarni biladigan xodimlar safidan shakllantirilishi nazarda tutilgan edi.
 
Samarqand viloyati IIB jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi ma’lumotiga ko‘ra, Samarqandda ham xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarma uchun alohida bino ajratilib, bugunga qadar 50 ga yaqin xodim ishga qabul qilingan. Inspektorlar transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanmoqda.
 
Xodimlar safiga Samar­qand davlat chet tillar institutini bitirayotgan, ingliz, fransuz, yapon, koreys va boshqa xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan hamda tariximiz, qadimiy obidalarimiz va milliy qadriyatlarimiz haqida chuqur bilimga ega bo‘lgan talabalar ham suhbat asosida qabul qilinmoqda.
 
Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati xodimlari tibbiyot qutisi, Samarqandning tarixiy obida va madaniy obyektlari sxemasi bo‘lgan kichik xarita bilan ta’minlangan. Ular asosan turistlar gavjum bo‘ladigan joylar, tarixiy obidalarda ish olib borishadi.
 
– Bizning faoliyatimiz sayyohlik maskanlarida xavfsiz turizmni tashkil etishdan iborat, – deydi inspektor Fotima Rahmatova. – Bu faqat sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash emas, balki ularga zarur yordam ko‘rsatishni ham nazarda tutadi. Misol uchun, biror-bir sayyohning tobi qochsa, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxona yoki mehmonxonaga yetkazish, adashib qolgan sayyohlarni ular izlayotgan manzilga kuzatib qo‘yish ham xizmat vazifamizga kiradi.
 
Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati yo‘lga qo‘yilgani Samarqandga tashrif buyurayotgan sayyohlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga yordam beradi.
 

G‘olib Hasanov, O‘zA

Поделиться