O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eron Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2018-02-12 | Siyosat
2018-yilning 10-fevral kuni Tehron shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti xabar berdi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.