O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Shavkat Mirziyoyev barpo etilayotgan “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi
2018-02-09 | Siyosat
Anhor bo’yida bunyod etilayotgan bu bog’dagi barcha inshootlar ma’naviyatimiz, milliy qadriyatlarimizni ifoda etadi. Bog’da “Navro’z” bayrami tantanalari, madaniy tadbirlar o’tkazishga mo’ljallangan amfiteatr, qadimiy hovlilar, ustaxonalar, ayvonlar, choyxonalar va milliy an’analarimiz aks etgan etnografik shaharcha quriladi.
Navro’zda madaniyatimiz va qadriyatlarimizning barcha jihatlari namoyon bo’ladi. Bu bog’ ana shu boy milliy merosimizni tarannum etadigan joy bo’lishi kerak, dedi Prezidentimiz. Bu yerga sayyohlar ham ishtiyoq bilan kelishi, o’zini xuddi o’zbek mahallasida yurgandek his qilishi zarur. Har bir bino, o’tkaziladigan har bir tadbir o’sib kelayotgan yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, o’zligini anglashga hissa qo’shishi lozim.
Davlatimiz rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish, Navro’z bayramini xalq sayli tarzida o’tkazish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar berdi.