O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sharof Rashidov tumanidagi o’zgarishlar

2018-02-07 | Jamiyat

Mustaqillik yillarida barpo etilayotgan ulkan inshootlar, ravon yo’llar va ko’priklar, shuningdek, ko’rkam turar-joylar, bog’-rog’lar – bularning barchasi xalqimiz aql-idroki, tafakkuri, beqiyos kuch-qudrati, ulkan bunyodkorlik va yuksak yaratuvchilik salohiyatining yorqin ifodasidir.

Yurtboshimizning «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturi to’g’risida»gi qaroriga asosan o’tgan yili tumanimizning «Istiqlol» mahalla fuqarolar yig’inida ajratilgan 2 gektar yer maydonida 60 ta va «Yangiobod» mahalla fuqarolar yig’inida 8 ta ko’p qavatli uy-joylar barpo etildi. Natijada 96 ta oila uy-joyga ega bo’ldi. Jumladan, ushbu uy-joylarning 6 tasiga jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar egalik qilishdi.

Joriy yilda «Nurafshon» mahalla fuqarolar yig’inida 76 ta, «Kuyovboshi» mahallasi hududida 150 ta hamda «Yangiobod» mahallasi hududida 6 ta 3 qavatli 108 ta xonadonli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

 

ICHKI YO’LLAR TA’MIRLANADI

Vohamizda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga bo’lgan e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Natijada, o’tgan qisqa davrda vohamiz qiyofasi tamomila o’zgarib, yangicha chiroy kasb etdi. Markaziy ko’chalar kengaytirilib, zamonaviy inshootlar va shinam turar-joy binolari qad rostlayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli 848 kilometr ichki yo’llarning 643 kilometri bugungi kunda ta’mirlashga muhtoj. Shu boisdan o’tgan yili manzilli dastur asosida 28 kilometr ichki yo’llar ta’mirlandi. 26 kilometr tuproqli yo’llarga shag’al yotqizildi. Joriy yilda tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi 23,5 kilometr tuproqli yo’llarga shag’al yotqiziladi.

SUV KELTIRGAN – AZIZ

Tumanimiz aholisining toza ichimlik suviga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirish, ichimlik va oqova suvlar bo’yicha iste’molchilarga ko’rsatilayotgan xizmat sifatini yanada yaxshilash buyicha xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda tuman «Suvoqova» davlat unitar korxonasiga qarashli 143 ta suv qudug’i, 376 kilometr suv tarmog’i mavjud. Aholining toza ichimlik suviga bo’lgan talabini qondirish maqsadida 11 ta quduq hamda 127 kilometr suv tarmog’ini bosqichma-bosqich ta’mirlash boshlab yuborildi.

O’tgan yili manzilli dastur asosida 6 ta hududda suv inshooti qurilishi rejalashtirilib, 5 tasi qisqa muddatda foydalanishga topshirildi. «Mukammal qurilishsavdo» mas’uliyati cheklangan jamiyati a’zolari shu kunlarda «Toqchilik» mahallasi aholisiga ichimlik suv yetkazib berishni ta’minlovchi qurilish-montaj ishlarini olib borishmokda.

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili»da yana 5 ta hududda suv inshooti qurilishi ko’zda tutilayapti.

 

Laziz MAMATQULOV

Поделиться