O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qurolli Kuchlar akademiyasiga Rossiya harbiy delegatsiyasi tashrif buyurdi
2018-02-06 | Jamiyat
Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlar Bosh shtabi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Ivan Buvalsev boshchiligidagi harbiy delegatsiya mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan amalga oshirilgan tashrif davomida tegishli masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi harbiy delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘lib, kadrlar tayyorlash jarayoni, yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shundan so‘ng I. Buvalsevning Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tajribasi haqida akademiyada ma’ruzasi tinglandi. Tadbir barcha harbiy okrug qo‘shinlariga onlayn tarzida uzatildi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining o‘tgan yildan xorij davlatlari mudofaa idoralari bilan o‘zaro hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik doirasidagi chora-tadbirlar ko‘lami tobora kengayib, oliy harbiy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ko‘p yillik xizmat tajribasiga ega ofitserlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dolzarb yo‘nalishlardagi izlanishlar xorij tajribasiga tayangan holda amalga oshirilmoqda.