O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iqtisodiyot vazirligi: Go’sht narxini bir me’yorda ushlab turish choralari ko’rilmoqda
2018-02-06 | Iqtisodiyot
O’zbekistonda go’sht-sut mahsulotlari narxlarini bir me’yorda ushlab turish maqsadida yog’-moy korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan chorva ozuqasini birja savdolari orqali, birinchi navbatda, bozorlarga arzon narxlarda go’sht yetkazib bergan fermer va dehqon xo’jaliklariga ajratish tartibi joriy etiladi. Bu haqda O’zAga O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mas’ullari ma’lum qildi.
Qoraqo’lchilik xo’jaliklariga ham kuz-qish mavsumida omuxta yem mahsulotlari birja savdolari orqali imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 yanvardagi “Yog’-moy tarmog’ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risi”dagi qaroriga muvofiq, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab texnik paxta chigiti istisno tariqasida o’simlik moyi ishlab chiqaradigan, zamon talablariga javob beradigan texnologiyalarga va yuqori malakali mutaxassislarga ega bo’lgan korxonalarga birja savdolari orqali sotilmoqda.
Bu, birinchi navbatda, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini va xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.
Shahnoza Mamaturopova, O’zA muxbiri