O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga “TREKOL” yo‘ltanlamas maxsus transport vositasi keltirildi

2018-02-05 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga yangi zamonaviy “TREKOL” yo‘ltanlamas transport vositasi keltirildi.

"TREKOL" maxsus avariya-qutqaruv texnikasi, Rossiya Federatsiyasining ilmiy-ishlab chiqarish firmasi bazasida ishlab chiqarilgan bo‘lib,  u o‘ta yuqori o‘tuvchanlik qobiliyatiga ega. 

Yo‘ltanlamas transport vositasi ushbu turdagi transport vositalari orasida zamonaviysi hisoblanadi.  Uch taraflama uzatishli mashina kamerasiz shinalar bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘lning xususiyatiga qarab havo bosimi qo‘lda boshqarilib boriladi.

Yo‘ltanlamas-amfibiya "TREKOL" – yengillashtirilgan va sovuq o‘tkazmaydigan oyna-plastik qoplamali kuzovga ega. Odamlarni salonga chiqarish hamda yuklarni ortish uchun ikkita oldida va kuzovning orqa qismida bitta eshiklar mavjud. Mashina ichida boshqa avtomobillar kabi haydovchi va yo‘lovchi uchun ikkita o‘rindiq joylashgan. Yuk ortish qismida 8 kishi yoki 700 kilogram yuk uchun joy ajratilgan. G‘ildirak formulasi – 6x6, zich joylashgan qumloqda yuk ko‘tarish qobiliyati – 700 kg. Past qatlamli tuproqlar, suvli botqoqli va qorda – 400 kg, yo‘l yoritish – 490 mm, shosseda maksimal tezligi – 70 km/s.

"TREKOL"ning eng asosiy xususiyati – yuqori o‘ta olish qobiliyatidir. U suvda, botqoqlik va qor bilan qoplangan tog‘ yo‘llarida harakatlanishi, shuningdek yetib olish qiyin bo‘lgan joylarga bora olish xususiyatiga ega.

Ayni paytda maxsus transport vositasi “Qamchiq” dovoni yo‘lida sinovdan o‘tkazilmoqda.

"TREKOL" Tog‘ va qorli hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish imkoniyatini beruvchi “Qamchiq” MQQBning o‘nga yaqin turli maxsus  zamonaviy texnika va jixozlar parkini boyitdi.

Bundan tashqari, sinovlar natijasiga ko‘ra “Qamchiq” MQQBning texnika parkini kuchaytirish uchun, ushbu rusumdagi ikkinchi yo‘ltanlamas transport vositasini xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Поделиться