O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Olmota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida foto va video qayd etish texnika vositalari to‘liq ishga tushdi
2018-02-02 | Jamiyat
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Toshkent viloyati hududidan o‘tgan M39 “Olmota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 806-871 km.lari oralig‘ida maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar o‘rnatilib, joriy yilning 20 yanvar kunidan buyon sinov tariqasida foydalanilayotgan edi.
Endilikda mazkur avtomobil yo‘liga o‘rnatilgan fotoradarlar shu oydan boshlab to‘liq ishga tushirildi.
Yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlashga mo‘ljallangan mazkur maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar qisqa muddatda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich o‘rnatilishi rejalashtirilgan.