O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

1 fevraldan notarial harakatlar uchun to‘lanadigan davlat bojini elektron tarzda undirish tizimi joriy qilindi

2018-02-01 | Jamiyat

So‘nggi paytlarda notariuslar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati aholini qoniqtirmayotganligi yuzasidan ko‘plab e’tirozlar bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ham notariuslarning faoliyatiga alohida to‘xtalib, soha vakillari jiddiy tanqid qilindi.

Shu bilan birga, notarial idoralar xodimlari tomonidan fuqarolardan belgilanganidan ortiqcha pul mablag‘lari talab qilinayotganligi haqida Prezidentning virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Mazkur holatlar sohani yanada takomillashtirish, tizimli kamchiliklarni bartaraf etish va kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rish lozimligini taqozo etadi.

Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida joriy yilning 1 fevralidan Adliya vazirligi tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun davlat boji va boshqa to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish mexanizmi joriy etildi.

Endilikda fuqarolar notarial harakatlarni amalga oshirish maqsadida notarial idoralarga murojaat etganda, davlat boji va boshqa to‘lovlarni mobil telefonlar imkoniyatidan foydalangan holda to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi va bunda albatta inson omili cheklanadi. Bu jarayonda QR kodlardan foydalanish imkoniyati ham yaratildi.

Notarial harakatlar uchun qancha boj to‘lanishi kompyuter tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi, to‘lov kvitansiyalari alohida yozilmaydi. Shu bilan birga, fuqarolarga qulay va tushunarli bo‘lishi uchun yagona andozada to‘lov kvitansiyasi joriy qilindi.

To‘lovlar bank kassalari yoki mobil telefonlar orqali amalga oshirilishidan qat’iy nazar, bu haqdagi ma’lumot “Notarius” axborot tizimida onlayn tarzda aks ettiriladi.

Endilikda fuqarolar davlat boji va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun kassalarda navbat kutib turishi keskin kamayadi, fuqarolardan belgilanganidan ortiqcha pul mablag‘lari talab etilishi holatlariga barham beriladi.

Joriy etilgan yangilik aholiga qulaylik yaratishi bilan birga huquqiy xizmat ko‘rsatish jarayonida sifat va tezkorlikni ta’minlaydi hamda korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.

 

Adliya vazirligi Axborot xizmati

Поделиться