O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Indian Open” xalqaro turnirida final janglari davom etmoqda

2018-02-01 | Sport

Hindistonda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi “Indian Open” xalqaro turnirida final janglari o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning 91 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi final bahsida Bahodir Jalolov hindistonlik Kumar Satishni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 75 kilogrammda Isroil Madrimov kubalik Estrada Iglesias ustidan zafar quchdi. O‘zgacha uslubda bellashuvchi bokschimiz Bobo-Usmon Boturov esa mezbon sportschi Dineshni yengdi. 

Vazni 91 kilogrammgacha bo‘lgan Sanjar Tursunov so‘nggi bellashuvda Hindiston sharafini himoya qilgan Sanjitga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Hozircha, “Indian Open” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 3 oltin va 1 kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

 
Birozdan so‘ng, Xudoynazar Fayzov, Abdulhay Shorahmatov va Iqboljon Xoldorov kabi iste’dodli bokschilarimiz ringga ko‘tariladi.
 

Javohir Toshxo‘jea, O‘zA

Поделиться