O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2018 yilda Toshkent shahrida 9 mingta xonadonga mo‘ljallangan uylar barpo etiladi
2018-02-01 | Iqtisodiyot
Joriy yilda poytaxtda 181 ta ko‘p qavatli uy qurilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda 2012-2017 yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018 yil reja ko‘rsatkichlarida qayd etilgan.
2012-2017 yillarda Toshkent shahrida 182 ta ko‘p qavatli uy bunyod etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning oxiriga kelib bu turdagi uylarning soni 9 ming 592 taga yetgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2018 yilda xonadonlar soni o‘tgan yildagidan 9 ming 82 taga ko‘payib, 449 ming 562 taga yetadi.