O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Futzalchilarimiz Janubiy Koreya terma jamoasini sinovdan o‘tkazadi

2018-02-01 | Sport

Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida boshlangan Osiyo chempionatida dastlabki uchrashuvni o‘tkazadi.

Chempionatning “B” guruhidan joy olgan O‘zbekiston dastlabki o‘yinda Janubiy Koreya bilan raqobatlashadi. Bahodir Ahmedov qo‘l ostidagi terma jamoamiz a’zolari mazkur uchrashuvda ko‘k rangli, koreyaliklar esa oq rangli libosda o‘ynaydi. 

“University of Taipei Gymnatsium” sport saroyida o‘tkaziladigan ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 13:30da boshlanadi. 

Shuningdek, guruh bahslarining ikkinchi o‘yinda Yaponiya va Tojikiston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Bu uchrashuv esa 16:00 da o‘tkaziladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться