O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xavfsizlikni ta’minlash uchun yangi qurilma

2018-02-01 | Jamiyat

"ELDAS" mas'uliyati cheklangan jamiyatining ilmiy xodimi Durbek Yakubov tomonidan avtofurgonlar, temir yo’l sisternalari, omborxonalar eshiklarini qulflash va bir paytning o’zida plombalash imkonini beruvchi berkitish-plombalash uskunasi ixtiro qilindi. Yangi ishlanma ochishga bardoshli, ya'ni ishonchlilik darajasi yuqori bo’lishi bilan birga qurilmani qulflashda ko’p kuch sarfini talab qilmasligi bilan o’ziga xosdir.

Berkitish-plombalash qurilmasi bungacha ma'lum bo’lgan shu turdagi qurilmalardan tubdan farqlanadi, eng avvalo, u konstruksiyaning pishiq va mukammal texnik yechim bilan bajarilgani, bunday qurilmalarga qo’yiladigan zamonaviy xavfsizlikni ta'minlash talablariga javob berishi bilan afzaldir. Bundan tashqari, bu qurilmani sanoat ishlab chiqarishining barcha sohalari va yana ko’plab boshqa tarmoqlarda qo`llash imkoniyati mavjudligi, unga bo’lgan talabning yuqori bo`lishini ta'minlaydi.

   Agentlik tomonidan qurilma yaratuvchisi D. Yakubovga IAP 05509 raqamli patent topshirildi.

Поделиться