O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda go‘sht narxi nega ko‘tarilmoqda? Iqtisodiyot vazirligi izoh berdi

2018-01-31 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mamlakatda go‘sht narxining oshish sabablariga aniqlik kiritdi.

Ta’kidlanishicha, viloyatlar va tumanlarda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash komplekslarining yetarli darajada rivojlanmagani, fermer va dehqon xo‘jaliklarining mahsuldor chorva mollari bilan ta’minlanmagani hamda mahsuldor chorva mollarini yetishtirish sohasidagi ilmiy izlanishlarning yetishmasligi go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxining oshib ketishiga olib kelmoqda.

Ozuqa-yem mahsulotlarini yetishtirish uchun yer maydonlarining yetishmasligi, yerlarning sho‘rlanishi, ozuqa-yem mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizatsiya qilishdagi “vositachilar”ning ko‘pligi ham go‘sht mahsulotlari narxining qimmatlashuviga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun: 2017 yilda mol go‘shti 35,9 foizga, qo‘y go‘shti – 31,4 foizga, parranda go‘shti – 33,1 foizga oshgan.

 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Поделиться