O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq tizimida qanday o‘zgarishlar bor?

2018-01-30 | Iqtisodiyot

Soliq qonunchiligida qanday o‘zgartirish va yangiliklar bo‘ldi? Tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilmoqda? Mol-mulk solig‘i haqiqatdan ham oshdimi?

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarda tadbirkorlik subyektlariga ana shular haqida ma’lumot berildi.

Mamlakatimizda soliq tizimini takomillashtirish, aholi va tadbirkorlarning soliq yukini kamaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etilayotgan yengillik va imtiyozlar o‘z samarasini berayotir. Birgina 2017 yilda viloyatda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlarining 7 mingdan ortig‘iga 326 milliard so‘mdan ortiq soliq imtiyozi qo‘llanilgan. Mazkur subyektlar iqtisod qilingan mablag‘ni samarali yo‘naltirib, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi loyihalarni ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Prezidentimizning 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur hujjatlarda ham soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish mexanizmini har jihatdan soddalashtirishga, soliq ma’murchiligini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ko‘rgazmali seminarda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Sultonov va boshqalar soliq tizimidagi bu kabi o‘zgartirish va imtiyozlar tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Birinchi navbatda, foyda va obodonlashtirish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari birlashtirildi. Ilgari foyda solig‘i stavkasi 7,5 foiz, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i stavkasi 8 foizni tashkil etgan. Endilikda ushbu soliq stavkasi avvalgi 15,5 foiz o‘rniga 14 foiz qilib belgilandi hamda chegiriladigan xarajatlar tarkibi kengaytirildi. Xususan, Soliq kodeksining 147-moddasida keltirilgan 28 turdagi soliq solish bazasidan chegirilmaydigan xarajatlardan 10 tasini chegirish imkoni berilmoqda.

Soliq kodeksining 6 moddasiga o‘zgartirish kiritilib, yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i obyektidan ko‘char mulklar chiqarildi. Ta’kidlash joiz, ayni vaqtga qadar mol-mulk solig‘i obyektiga ko‘chmas mulkdan tashqari mashina va uskunalar, transport vositalari va boshqa ko‘char tusdagi asosiy vositalar kirar edi.

Soliq kodeksining tegishli 3 moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq kadastr qiymatidan kelib chiqib hisoblanishi hamda soliqning asosiy stavkasi kadastr qiymatiga nisbatan 0,2 foiz (2017 yilda 1,7 foiz edi) miqdorida va soliq hisoblashda kadastr qiymati 42 million so‘mdan (2017 yilda 3 million so‘m) kam bo‘lmasligi belgilandi.

Kadastr qiymati mavjud bo‘lmaganda soliq hisoblash uchun Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida 210 million so‘m hamda boshqa shaharlarda va qishloq joylarda 90 million so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati o‘rnatildi.

Shu bilan birga, soliq yuki 2018 yilda keskin oshib ketmasligi uchun kadastr qiymatiga asosan hisoblangan soliq summasi 2017 yilgiga nisbatan 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi. Bunda Vazirlar Mahkamasiga jismoniy shaxslar mol-mulkining kadastr qiymatini aniqlash tartibini bir oy muddatda tasdiqlash topshirildi.

Seminarda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan javob berildi.

 

Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat) O‘zA

Поделиться