O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Birinchi prezidentimiz xotirasiga ehson berildi
2018-01-30 | Jamiyat
Bugun Andijon shahridagi “Toshkent premium” tantanalar saroyida mamlakatimizning birinchi prezidenti xotirasiga ehson berildi.
Unga keng jamoatchilik vakillari, imom-xatiblar va nuroniylar taklif etildi. Islom Karimovning mustaqil davlat qurish va uning taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan ezgu ishlari yodga olinib, yorqin hayot yo‘li haqida videolavha tamosho qilindi. Shundan so‘ng ehson dasturxoniga osh tortildi. An’anaga muvofiq, yig‘in yakuni oldidan qur’on tilovati va duoi xayr qilindi.