O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi haydovchilik guvohnomasi qancha turadi?

2018-01-30 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi qaroriga asosan haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirish haydovchilar tomonidan pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni taqdim etilganda amalga oshiriladi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning talonini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun eng kam ish haqining 70 foizi, ya’ni 120 ming 568 so‘m to‘lanadi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 2017-yil 1-oktyabrdan boshlab berilishi yo‘lga qo‘yildi.

2018-yilning 31-dekabrigacha eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangisiga ixtiyoriy tartibda, 2019-yil 1-yanvardan 2020-yil 31-dekabrga qadar esa majburiy tartibda almashtiriladi.

2021-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb topiladi.

Поделиться