O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda achchiq qalampirni eksport qiladigan “Qalampir” korxonalari tuziladi

2018-01-30 | Jamiyat

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonda xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan qishloq xo‘jaligi ekinlari tarkibini diversifikatsiya qilish, fermer va dehqon xo‘jaliklari daromadini oshirish hamda eksport hajmlarini ko‘paytirish maqsadida xorijiy tajriba asosida achchiq qalampir yetishtirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shu maqsadda yuqori hosilli qalampir urug‘lari xorijdan, shu jumladan, Indoneziya Respublikasidan olib kelinadi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2018 yilda Respublika bo‘yicha jami 17 ming 117 gektar maydon, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarida qalampir ekilib, undan jami 207 ming 15 tonna hosil olish rejalashtirilgan.

Qalampir mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga qalampir yetishtirish uchun shartnoma asosida bo‘nak mablag‘lari va zaruriyatga ko‘ra moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash maqsadida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining hududlardagi “Qalampir” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tashkilot yetishtirilgan achchiq qalampirni qayta ishlash va eksport qilish bilan ham shug‘ullanadi.

Поделиться