O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018 yilda O‘zbekistonda 1000 ta innovatsion pillaxona tashkil etiladi

2018-01-30 | Jamiyat

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida mamlakatimizda pilla yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra kelgusida yilda ipak qurtini 3-4 marta parvarishlab, mo‘l hosil olish mumkin. Tutzorlarda parrandachilik va asalarichilik, chorvachilik va quyonchilikni rivojlantirish, ikkilamchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish imkoniyati bo‘ladi. Buning uchun har 5 gektar tutzorda bittadan innovatsion pilla yetishtirish maskani barpo etiladi.

Ayni vaqtda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasida innovatsion pillaxonalar qurish ishlari qizg‘in bormoqda. Bizga ma’lum qilishlaricha, har bir yangi ishlanma, innovatsion g‘oya balandparvoz gaplar va turli (bir necha yillar ilgari ishlab chiqilib, amaliy natija bermagan) “indeks”lar asosida faqatgina qog‘ozlarda qolib ketmasdan, balki oddiy va puxta hisob-kitoblar asosida real hayotga tadbiq etilmoqda.

2017 yilda Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon va Farg‘onada 150 dan ortiq ana shunday pillaxonalar qurilib, foydalanishga topshirildi. Ularda yiliga ikki marta, hattoki Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida uch marta ipak qurti boqilib, mo‘l hosil yetishtirildi.

Joriy yilda yana mingta, 2023 yilgacha 10 mingta ana shunday innovatsion pillaxonalar qurilib, tayyor mahsulotlar eksporti bir milliard dollarga yetkaziladi.

Eng muhimi esa eksport hajmi oshib, valyuta tushumi ko‘payishi qishloq aholisining turmush farovonligini yanada yaxshilanishini ta’minlaydi. Aslida innovatsion loyihalarning asosiy maqsadi ham shu emasmi?! 

Поделиться