O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining OQXJ boshqaruvining bo‘lajak majlisida ishtirok etishi to‘g‘risida
2018-01-29 | Siyosat
2018-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) boshqaruvi a’zosi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tadigan OQXJ boshqaruvi majlisida ishtirok etadi.
Tadbir doirasida Turkmanistonning Jamg‘armadagi raisligi davriga mo‘ljallangan ish rejasi va ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari muhokama qilinadi.