O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Andijonda rossiyalik hamkorlar bilan dori-darmon ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
2018-01-29 | Jamiyat
Andijonda viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov va Rossiya Federatsiyasining farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Medsintez” zavodi bosh direktori A.Podkoritov bilan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Uchrashuvda Andijonda “Dializ” markazini tashkil etish, markazda infuzion eritmalar, insulin, qattiq va suyuq shakldagi turli dori-darmonlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurilishi, yangi ish o‘rinlari yaratish kabi qator masalalar muhokama qilindi.
Rossiyalik investorlar ushbu loyihani amalga oshirish mumkin bo‘lgan mavjud obyektlar bilan tanishdi.
Fahriddin Ubaydullayev, O‘zA