O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sovuq suvning 1 litri 60 tiyin bo‘ldi: bu arzonmi yoki qimmat?

2018-01-29 | Jamiyat

Toshkentda sovuq suvning bir kub metriga 100 so‘m miqdorida ustama haqi qo‘shilib, umumiy narxi 600 so‘mga yetdi. Bir kubning 1000 litr ekanini hisobga olsak, bir litr sovuq ichimlik suvining narxi endi 60 tiyinni tashkil etadi. Bu arzonmi yoki qimmat? Insof bilan aytganda bu juda arzon. Arzon narsaning esa qadri bo‘lmaydi, juda ko‘p isrof qilinadi. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra shaharlik odam qo‘lini bir marta sovunlab yuvganda o‘rtacha 8 litr suv ishlatar ekan, tish uchun esa 6-8 litr atrofida suv sarflanadi. Hojat uchun ham har safar o‘rtacha 8-10 litr ketadi (agar unitaz nosoz bo‘lib, suv oqib yotmasa). Ko‘ngillari vannada cho‘milishni ixtiyor etsalar, o‘rtacha 200-300 litr suvning bahridan o‘tadilar (standart 170x50x70 hajmli vannaga 600 litrga yaqin suv ketadi). Dushda cho‘milganimizda ham ozmuncha suvni isrof qilib yuboramiz. Umuman olganda, hisob-kitoblar bo‘yicha shaharda ishlatayotgan suvning 80 foizi behuda sarflanib, kanalizatsiyaga oqib ketadi. 

Bir metr kub, ya’ni 1000 litr suvni esa shaharliklar: 
13 marta vannada cho‘milish; 
14 marta avtomat-mashinada kir yuvish; 
30 marta dush qabul qilish; 
111 marta hojatxonada unitazni yuvib yuborishga sarflab, buning uchun 600 so‘mdan pul to‘lashadi xolos. 

Menga qolsa sovuq suv narxini avval bir so‘mga chiqarib, so‘ngra uni bosqichma-bosqich oshirib, yaqin ikki-uch yilda bir litr suvning narxini hech bo‘lmasa 5 so‘mgacha yetkazgan bo‘lardim. Shu bilan birga, oila a’zolari sonidan kelib chiqib sarflanadigan sovuq suv uchun qat’iy limit o‘rnatib, belgilangan miqdordan oshgan suv narxini to‘rt-besh barobarga qimmatlashtirardim. 

Menimcha, bir litr toza ichimlik suvi narxi 5 so‘m bo‘lsa, hech kim kasodga uchramasa kerak, aksincha, odamlar ancha-muncha tejamkor bo‘lardi. Tishini bir stakan suv bilan yuvardi, dush qabul qilganda jo‘mrakni kerakli vaqtda ochib, zarurat bo‘lmaganda o‘chirib qo‘yardi. Hojatxona masalasida bir narsa deyishim mushkur, har holda nosoz unitaz bo‘lsa uni tezda ta’mirlagan yoki yangisiga alishtirgan (kichik va katta hojat uchun alohida suv quyadiganiga) bo‘lardi. 

Suvni tejash – baxillik emas. Aksincha, uni isrof qilish bir qultum suvga zorlar oldidagi ma’naviy jinoyat. Hatto tahorat olayotganda suvni isrof qilgan odam gunohkor bo‘ladi. Ammo ma’naviyat, isrof, insof, tejamkorlik degan so‘zlarni tushunmaydigan, inkor yoki “ignor” qiladigan odam uchun eng yaxshi va samarali chora – narxlarni qimmat qilib qo‘yish. 
 

Sanjar Rustamov, bloger

Поделиться