O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Denis Istomin 15, Sabina Sharipova 17 pog‘ona pastga quladi

2018-01-29 | Sport

“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirining yakuniga ko‘ra, WTA va ATR reytinglarida tennischilarning pog‘onalari o‘zgardi.

Xotin-qizlar tennis uyushmasi reytingining birinchi pog‘onasida turgan Simona Xalep o‘z o‘rnini Karolin Voznyaskiga bo‘shatib bergan bo‘lsa,Karolina Plishkova bir hamda Anjelik Kerber yetti pog‘ona yuqoriladi. 

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova yangi reytingda 193-o‘rindan joy oldi. 

Erkaklar o‘rtasidagi “Australian Open – 2018” turnirida finaliga chiqqan Marin Chilich dunyoning uchinchi raqamli tennischisiga aylandi. Hamyurtimiz Denis Istomin 713 ochko bilan 75-o‘rinni egalladi. 

WTA reytingni. 29 yanvar 2018 yil holatiga ko‘ra: 
1. (2) Karolin Voznyatski (Daniya) - 7965 ochko 
2. (1) Simona Xalep (Ruminiya) - 7715 
3. (4) Elina Svitolina (Ukraina) - 6085 
4. (3) Garbin Mugurusa (Ispaniya)- 5690 
5. (6) Karolina Plishkova (Chexiya) - 5445 
6. (7) Yelena Ostapenko (Latviya) - 4901 
7. (8) Karolin Garsiya (Fransiya) - 4495 
8. (5) Vinus Uilyams (AQSH) - 4278 
9. (16) Anjelik Kerber (Germaniya) - 3031 
10. (11) Kristina Mladenovich (Fransiya) – 2935 

 

ATR Reyting. 29 yanvar 2018 yil holatiga ko‘ra: 
1. (1) Rafael Nadal (Ispaniya) - 9760 ochko 
2. (2) Rojer Federer (Shveytsariya) - 9605 
3. (6) Marin Chilich (Xorvatiya) - 4960 
4. (3) Grigor Dimitrov (Bolgariya) - 4630 
5. (4) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 4610 
6. (5) Dominik Tim (Avstriya) - 4060 
7. (7) David Goffin (Belgiya) - 3460 
8. (9) Jek Sok (AQSH) - 2880 
9. (10) Xuan Martin Del Potro (Argentina) - 2815 
10. (11) Pablo Karreno-Busta (Ispaniya) – 2705 

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться