O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining Internet ijtimoiy tarmog’ida veb-sayti tashkil etildi

2018-01-29 | Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining Internet ijtimoiy tarmog’ida «O’zbekiston Respublikasi Icнki isнlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti» veb-sayti tashkil etildi va undan tergovdepartamenti.uz domeni orqali foydalanish mumkin.

Ushbu veb-sayt Tergov departamenti faoliyati haqida, joylarda Tergov departamentning hududiy bo’linmalari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlari to’g’risida aholini xabardor qilib borish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etishning sifat jihatidan mutlaqo yangi tartibini o’rnatish, murojaat etuvchilarni, jabrlanuvchi va boshqa toifadagi shaxslarni ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan masalalari yuzasidan ko’rilayotgan choralar bo’yicha, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalangan holda o’z vaqtida xabardor qilib borish mexanizmini joriy etish maqsadida yaratildi.

Shu bilan birga, veb-sayt fuqarolar tomonidan ekspert-kriminalistika, Axborot markazi va tergov faoliyati bilan bog’liq ayrim masalalar bo’yicha ko’p beriladigan savollar yuzasidan huquqiy javoblar berish, Tergov departamenti va uning quyi tizimlari rahbarlarining qabul kunlari, Tergov departamenti rahbariyatining virtual qabulxonasi kabi funktsiyalarni qamrab oladi.

 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti

Поделиться